Germaniyada poyezd mashina bilan to‘qnashishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Germaniyaning Gannover shahri yaqinida poyezd bilan avtomobil to‘qnashib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Deutsche Welle" nashri xabar berdi.

Germaniya shimolidagi temiryo‘l kesishmasida poyezdning mashinaga borib to‘qnashishi oqibatida uch nafar shaxs halok bo‘ldi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 04:50 da sodir bo‘lgan. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda to‘siq qulab tushgan, biroq u butun yo‘lni qamrab olmagan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar mashinaning uch nafar yosh yo‘lovchisi — 22 yoshli haydovchi va xuddi shu yoshdagi ayollar. Poyezd bortidagi 42 yo‘lovchi va temiryo‘lchilardan faqat bittasi yengil jarohat olgan.

Voqea joyiga favqulodda xizmatlar xodimlarining katta kontingenti borgan. To‘qnashuvdan so‘ng Gannover va Bremen o‘rtasidagi temir yo‘l bir necha soatga yopilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing