G‘arb Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsa qilishi kerak – Bayden

Olam

image

Ukrainadagi janglar juda muhim pallada, G‘arb esa Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsa qilishi kerak. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uydagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.

“Ukrainadagi urush hozir juda muhim pallada. Biz ukrainaliklarga Rossiya agressiyasiga qarshi turishga yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak”, deydi Bayden.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Ukrainadagi vaziyat va G‘arbning Yevropadagi ittifoqlari doirasidagi hamkorlik bo‘yicha muhokama qilgan.

"Biz nima qilishimiz haqida gaplashdik va bugun biz birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishimizni e’lon qildik", deydi Prezident.

Uning qayd etishicha, AQSH Ukrainani Bradley piyoda jangovar mashinalari bilan ta’minlaydi. Nemislar esa Ukrainaga o‘zlarida mavjud bo‘lgan Marder piyoda jangovar mashinalarini beradi.

“Bundan tashqari, biz Ukrainaga Rossiya havo hujumlaridan o‘zini himoya qilishida yordam beramiz”, deya qo‘shimcha qilgan AQSH Prezidenti.

Shuningdek, u Germaniya Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarining qo‘shimcha akkumulyatorini yetkazib berish niyatida ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing