G20 ishtirokchilari Ukraina borasida kelishuvga erisha olmadi 

Olam

image

Hindiston poytaxti Yangi Dehlida bugun, 2 mart kuni bo‘lib o‘tgan G20 davlatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirokchilar Ukrainadagi mojaro bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, yig‘ilish so‘nggida qabul qilingan yakuniy hujjatning 1-, 2- va 5- dan 24- gacha bo‘lgan bandlari bo‘yicha barcha tashqi ishlar vazirlari kelishuvga erishgan. Biroq Ukraina mojarosiga bag‘ishlangan 3- va 4- bandlar Rossiya va Xitoy tomonidan rad etilgan.

“Ochig‘ini aytsam, Ukraina mojarosi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, ular bo‘yicha kelishmovchiliklar bor edi. Biz turli nuqtai nazarga ega bo‘lgan tomonlar bilan bu borada kelisha olmadik”, degan vazir Jayshankar.

Shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ham G20 ishtirokchilari global kelishuvga, urushlarning oldini olish va umumiy masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirishning asosiy maqsadlariga erisha olmaganini bildirgan. U G20 global keskinlikni bartaraf etishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olgan.

Ta’kidlanishicha, Hindistonning uchrashuvdagi pozitsiyasi mamlakatlarni bir-biridan ajratib turuvchi narsani emas, balki ularni birlashtiruvchi jihatni izlashdan iborat bo‘lgan. Bosh vazir Modi ham qatnashchilarga aynan shunday harakat qilishni maslahat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing