Fyurining taklifini qabul qilgan Usik raqibiga shart qo‘ydi

Sport

image

Og‘ir vaznda jahon chempioni, ukrainalik yengilmas bokschi Aleksandr Usik britaniyalik Tayson Fyurining bo‘lajak jangdan tushadigan gonorarni qanday taqsimlash bo‘yicha taklifiga javob qaytardi. Bu haqda “Championat.com” sayti xabar berdi.

Fyuri Usikning jamoasi jangdan tushadigan pullarning 30 foizidan ko‘piga loyiq emasligini aytdi. Biroz vaqt o‘tgach, ukrainalik bokschi Taysonning gaplariga javob qaytardi.

“29 aprel kuni ringga chiqish uchun 30 foiz gonorar olishga roziman. Ammo jangdan so‘ng darhol Ukrainaga 1 million funt sterling berishga va’da berasan. Va har bir kechikkan kuning uchun gonoraringning 1 foizini ukrainaliklar foydasiga to‘laysan. Kelishdikmi?”, deb yozib qoldirdi Usik o‘z sahifasida.

Aytish joizki, Usik va Fyuri o‘rtasidagi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun jang 29 aprel kuni Londonda, “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing