FIFA eronliklar uchun ajratilgan chiptalarni bekor qildi

Sport

image

FIFA Eron muxlislari uchun 2026 yilgi Jahon chempionatining uchta o‘yiniga ajratilgan chipta kvotasini bekor qildi. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi (FFIRI) bayonotiga tayanib, “Associated Press” xabar berdi. 

Qoidalarga ko‘ra, mundialda ishtirok etadigan 48 ta terma jamoaning har bir federatsiyasi stadionlar sig‘imining 8 foiziga teng chiptalarni olish va o‘z muxlislari o‘rtasida taqsimlash huquqiga ega. Bu har bir o‘yin uchun bir necha ming chiptani tashkil etadi.

Biroq musobaqa boshlanishiga sanoqli kunlar qolgan bir paytda Eron futbol federatsiyasi endi o‘z muxlislariga mazkur kvota bo‘yicha chiptalarni taqdim eta olmasligini ma’lum qildi. FIFA hozircha FFIRI bayonoti yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yildan buyon Eron fuqarolari AQSH tomonidan joriy etilgan sayohat cheklovlariga duch kelmoqda. Bu esa ularning Jahon chempionati uchun viza olish imkoniyatini sezilarli darajada kamaytirgan.

2025 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimidan buyon Eron uchun ajratilgan chiptalarning qancha qismi AQSH va boshqa mamlakatlarda yashovchi eronlik diaspora vakillariga sotilgani ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Eron milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr terma jamoalari bilan birgalikda “G” guruhidan joy olgan. Eronliklarning guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlar AQSHda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing