Festival yangi O‘zbekiston yoshlarini birlashtira oladimi? 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 14-16 may kunlari Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” festivali boshlanib, qizg‘in davom etmoqda. 

Mazkur festivalda karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda turli ko‘ngilochar shou-dasturlar, mashhur biznesmenlardan treninglar, sportchilardan master-klass, dizayner va moda defilelari namoyish etildi.

Festival ko‘ngilochar dasturlar bilan cheklanib qolmagan. Sababi bu yerda yosh hunarmandlar festival ishtirokchilariga o‘z ijod ishlarining sirlarini namoyon qilish orqali hunarga jalb eta olishdi.

Shuningdek, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila farzandlaridan iborat 50 nafar bola uchun “Sunnat to‘yi” aksiyasi o‘tkazildi. 

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida esa korxona va tashkilotlar 10 112 nafar bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashayotgan bo‘lib, festivalning birinchi kunida 109 nafar yoshlarga o‘zlari qiziqqan turli yo‘nalishlarga yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, payvandlovchi, duradgorlik va tikuvchilik kabi kasblarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.

Ta’kidlash joizki, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu ommaviy tadbir uchun intellektual o‘yinlar, raqs maydoni, ayollar uchun maxsus klub, gastronomik va bolalar shaharchasi barpo etilgan.

Festivalning ilk kunida  Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov chiqish qilib, festivalni ochib berdi.

Toshkent viloyati hokimligi
axborot xizmati

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing