Farg‘onada qimorxona ochgan shaxs qo‘lga olindi
3-sahifa
−
21 noyabr 2021 7313 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida uyida qimorxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 17 noyabr kuni tuman IIB profilaktika inspektori tomonidan “Yuqori Soybo‘yi” MFY hududida yashovchi Q.K. yashash xonadonida 3 kishiga qimor o‘ynashi uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan. Xonadondan 32 dona o‘yin kartasi va 870000 so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr