Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
16 iyun 2022 11831 1 daqiqa
Bugun, 16 iyun kuni Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Abdumannop Abdurahmatovich Bo‘riyev tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirining tegishli buyrug‘i chiqqan.
Abdumannop Bo‘riyev mazkur tayinlovga qadar Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, u 1986 yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2016 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.
Bo‘riyev o‘z mehnat faoliyatini 2011 yilda Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi