Estoniyada Zelenskiyning haykali o‘rnatildi
Olam
−
02 fevral 2023 10764 1 daqiqa
Estoniyaning Tarva shahrida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun maxsus yodgorlik o‘rnatildi. Bu haqda Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Haykalda Zelenskiy Ukraina gerbini ushlab turgan holatda tasvirlangan. U Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali uslubida ishlangan. Ulkan yodgorlik qurishda qumdan foydalanilgan bo‘lib, uni estoniyaliklar Ukraina Rossiya Federatsiyasi ustidan g‘alaba qozonguncha saqlab qolish niyatida.
Kay Kallasning so‘zlariga ko‘ra, estoniyaliklar Ukrainaga turli yo‘llar bilan yordam berishini ta’kidlagan.
“Estoniyaliklarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi shubhasizdir. Buning alomatlari Estoniyaning hamma joylarida ko‘rinadi. Tarva shahri mahalliy aholisi Prezident Zelenskiyning monumental qum haykali bilan Ukrainaga bag‘ishlangan Ozodlik bog‘ini yaratdi. Ular Ukraina urushda g‘alaba qozonmaguncha uni saqlab qolish niyatida”, deya ta’kidlagan bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Estoniya diplomatlarni quvib, Rossiya bilan muloqotni eng past darajaga tushirayotgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi