Ertaga havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Ertaga, 2 avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz o‘tishi aytildi. Harorat esa kechasi 25 daraja iliq, kunduzi esa 40 darajagacha isishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 30-32 darajagacha iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing