Eron ruslarga yordam berib katta xatoga yo‘l qo‘ydi – Pelosi
Olam
−
25 Oktabr 2022 10534 1 daqiqa
Eron Rossiyaga Ukraina infratuzilmasini nishonga oluvchi dronlar yetkazib berib, “katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda kecha, 24 oktyabr kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Xorvatiyaga tashrifi doirasida Bosh vazir Andrey Plenkovich bilan muzokaralardan so‘ng, matbuot anjumanida so‘z ochgan.
Shuningdek, Pelosi, Qo‘shma Shtatlar bir muncha vaqtdan buyon dunyoni xavfsizroq joyga aylantirish uchun Eron bilan yadroviy kelishuvga erishishga harakat qilgani, endi esa Eron Rossiyaga yordam berib, dunyoni “xavfsizroq” joyga aylantirmoqchiligini ma’lum qildi.
Qo‘shma Shtatlar va G‘arbning bir qancha davlatlari Rossiyani Ukrainadagi tinch aholi va elektr stansiyalariga hujum qilish uchun Eronda ishlab chiqarilgan dronlardan foydalanganlikda ayblab kelmoqda. Eron Rossiyaga portlovchi moddalar o‘rnatilgan dronlarni yetkazib berayotganini rad etdi.
Pelosi esa uchburchak shaklidagi dronlar ko‘ringanini aytmoqda. Biroq, u uchuvchisiz samolyotlarni qayerda va qachon ko‘ringani haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan.
Pelosi Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida “Avvalo, biz dronlarga qarshi tura olishimiz kerak. Bu xavfli texnologiya va uni to‘xtatish kerak”, deya qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Eron Rossiyaga uchuvchisiz qiruvchilar berganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qilgandi.
Haqqiyev Samandar
Live
Barchasi