Eron Prezidenti Tojikistonga keladi

Olam

image

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy joriy yilning 7 noyabr kuni Dushanbega ikki kunlik tashrif bilan keladi va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Tojikiston yetakchisining matbuot xizmati rahbari Abdufattoh Sharifzoda ma’lum qildi.

"Eron Prezidenti 7-8 noyabr kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif doirasida Tojikiston Prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuv va tomonlarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari rejalashtirilgan", deydi u.

Shuningdek, Tojikiston sarmoya va davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi 8-9 noyabr kunlari Dushanbeda ikki davlat tadbirkorlari forumi o‘tkazilishi rejalashtirilganini xabar qilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida Rahmon va Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Mirzo Dushanbeda Eron Mudofaa vaziri Muhammad Rizo Ashtianiy bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 noyabr kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Prezident Ibrohim Raisiyning tez orada Turkiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Eron Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing