Erkinjon Turdimov Afg‘onistondagi vazirlik medali bilan taqdirlandi
Jamiyat
−
15 mart 2021 8174 1 daqiqa
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Afg‘onistondagi vazirlik medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bugun, 15 mart kuni Samarqandda o‘tkazilgan “Imom Buxoriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusidagi xalqaro anjumanda sovg‘a almashish chog‘ida Afg‘oniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga vazirlikning esdalik medalini topshirdi.
Vazirning qayd etishicha, Erkinjon Turdimov ushbu vazirlik medaliga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbekistonlikdir.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust