Erkin Vohidovning turmush o‘rtog‘i Gulchehra Vohidova vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
01 mart 2021 19098 1 daqiqa
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning turmush o‘rtog‘i Gulchehra Vohidova olamdan o‘tdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Gulchehra Vohidova kecha, 28 fevral kuni vafot etgan. Marhumaning o‘limi sabablari ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, 2019 yilning martida Gulchehra Vohidova O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov uzoq xastalikdan so‘ng, 2016 yilning 30 mayida vafot etgandi.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025