Elektr energiyasi uchun tariflar 7 yilga muzlatildi. Qozog‘istonda!

Olam

image

Qozog‘istonda elektr energiyasi uchun maksimal tariflar tasdiqlandi. Ular 2026 yildan boshlab 2032 yilgacha bo‘lgan 7 yil davomida amal qiladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, normativ-huquqiy hujjatlarning etalon nazorat banki saytida “Elektr energiyasi bo‘yicha maksimal tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror e’lon qilingan.

Hujjatda Qozog‘istonda elektr energiyasini realizatsiya qiluvchi 66 ta energiya ishlab chiqaruvchi tashkilot guruhi ko‘rsatilgan. Har bir guruh uchun muayyan tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladigan maksimal tarif belgilangan.

Nashrning yozishicha, jadvalni tushunish uchun qaysi kompaniya qaysi guruhga kiritilganini bilish zarur. Buni Qozog‘iston Energetika vazirligi saytida aniqlash mumkin. Misol tariqasida, dastlabki o‘nta guruh uchun yaqin 7 yilga mo‘ljallangan tariflar quyidagicha bo‘ladi:

  • Birinchi guruh (B. Nurjanov nomidagi Ekibastuz GRES-1) – 1 kVt·soat uchun 9,50 tenge;
  • Ikkinchi guruh (Yevroosiyo energetika korporatsiyasi) – 1 kVt·soat uchun 9,40 tenge;
  • Uchinchi guruh (Ekibastuz GRES-2 stansiyasi) – 1 kVt·soat uchun 15,67 tenge;
  • To‘rtinchi guruh (Topar bosh taqsimlovchi elektr stansiyasi) – 1 kVt·soat uchun 20,84 tenge;
  • Beshinchi guruh (T. I. Baturov nomidagi Jambil GRES) – 1 kVt·soat uchun 23,25 tenge (ilgari 22,58 tenge bo‘lgan);
  • Oltinchi guruh (Qarag‘anda Energotsentr) – 1 kVt·soat uchun 17,64 tenge;
  • Yettinchi guruh (Ust-Kamenogorsk IES) – 1 kVt·soat uchun 17,82 tenge;
  • Sakkizinchi guruh (Sevkazenergo) – 1 kVt·soat uchun 23,17 tenge;
  • To‘qqizinchi guruh (“Astana-Energiya” AJ) – 1 kVt·soat uchun 11,71 tenge;
  • O‘ninchi guruh (“Pavlodarenergo” (IES-2,3)) – 1 kVt·soat uchun 24,29 tenge.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatda elektr energiyasi tariflari yetti yilga muzlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Elektr energiyasi tarif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing