El Cholo iste’foga ketishi mumkin

Sport

image

Bu mavsumda “Atletiko Madrid” klubining ha deganda “ketmoni uchmayapti.” Shu sabab futbolchi va murabbiy sifatida “Atletiko” bilan uzoq yillar birga bo‘lgan, Diyego Simeone vazifasidan ozod qilinishi mumkin.

“Atletiko Madrid” La Liganing 23-turi doirasida “Barselona” maydoniga safar qilib, 4-2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng, Diyegoning lavozimidan ozod etilishi haqida gap tarqaldi. El Choloning iste’fosi haqidagi xabarlarga kataloniyaliklardan uchralgan mag‘lubiyatgina emas, ushbu mavsumda Madrid klubi Simeone boshchiligidagi eng yomon mavsumlaridan birini o‘tkazayotgani ham sabab bo‘lishi mumkin. Oldingi, himoyada “temirdek” qattiq va o‘ta tartibli bo‘lgan jamoa qayergadir yo‘qolib qoldi.

Diyego Simeone futbolchi sifatida “matraschilar” safida 1994-1997 va 2003- 2004 yillarda harakat qilgan bo‘lsa, murabbiy sifatida 2011 yildan beri madridliklarga boshchilik qilib kelmoqda. Shu vaqt oralig‘ida, “Atletiko Madrid” bilan ikki marta La Liga chempionligini qo‘lga kirib, ikki bor Yevropa Chempionlar ligasi finaliga chiqishni uddaladi. Bu zafarlar kamtar bo‘lishi mumkin, lekin argentinalik mutaxassis boshchiligidagi “Atletiko Madrid” Yevropaning har qanday jamoasi bilan bahslasha oladigan darajaga chiqdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Diyego “Atletiko”ning afsonasi bo‘lib qoladi.

Madridliklar rahbariyati El Cholo o‘rniga ikki nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bular: “Inter” klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi va PSJ ustozi Maurisio Pochettino ham bor. Lekin Inzagining “Inter”dagi ishlari ajoyib rivojlanmoqda. Maurisio Pochettino esa “Manchester Yunayted”ni boshqarishni xohlamoqda. Shu sabab, bu ikki mutaxassisdan birini olib kelish qiyin bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, “Atletiko Madrid” Ispaniya chempionatida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ochko jamg‘ardi. Turnir jadvalida esa 5-o‘ringa joylashgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing