Ekspertlar koronavirusni choy sanoatiga ta’sirini ma’lum qildi
Olam
−
22 aprel 2020
4491Dunyo bozorida choyga bo‘lgan talabni keskin ortishi va taklifni kamayishi mahsulot narxi qimmatlashishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya choy va kofe ishlab chiqaruvchilar uyushmasining bosh direktori Ramaz Chanturiya ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hozir hamma karantin vaqti uyda choy ichmoqda. Bu holat tabiiyki choyga bo‘lgan talabni keskin oshirgan.
“Talabning o‘sishi hozirgi vaziyat bilan ham bog‘liq. Chunki uyda choy ichish an’anaviy bo‘lib, ichimlik sog‘liq uchun foydali tabiiy mahsulotdir“, deydi Ramaz Chanturiya.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uch haftalik karantin tufayli erta yig‘im-terim o‘tkazib yuborilgan. Bu esa choy ta’minotida uzilishlar kuzatilishiga olib kelishi aytilgan.
“Hindiston va Xitoyda birinchi choy yig‘im-terimi mart oyining o‘rtalarida boshlangan. Ammo Shri-Lanka va Hindistonda karantin cheklovlari tufayli bu deyarli amalga oshmadi. Bu esa yetkazib berishda uzilishlarga olib keladi”, deydi Rossiya tahlil markazi direktori Andrey Sizov.
Ma’lum qilinishicha, aprel oyida Shri-Lankada uch haftalik tanaffusdan keyin birinchi choy kim oshdi savdosi yangi, elektron shaklda bo‘lib o‘tgan. Ushbu kim oshdi savdosida choy narxi o‘rtacha 20% ga oshganligini ko‘rsatmoqda. Savdolar chog‘ida bir kilogramm choy o‘rtacha 3,5 dollarga sotilgan.
LiveBarchasi