“Dubinka” ko‘targan “Qora maskalilar”dan qochgan haydovchiga jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
29 noyabr 2021 25004 1 daqiqa
Qashqadaryoda ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, mashinani ularning ustiga haydagan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 noyabr kuni soat 16:10 larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududida qoidabuzarligi uchun to‘xtatilgan 1998 y.t. Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi H.A. IIO xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, atrofdagilarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solgan holda voqea joyidan qochib ketishga uringan.
Mazkur holat tegishli tartibda hujjatlashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Haydovchi H.A.ga nisbatan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Avvalroq YPX xodimlari tomonidan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilgan vaqtda, haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan avtomobilning oynasi va eshiklarini qulflab, oldinda turgan soha vakillarining ustiga mashinani haydab, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi