Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi
Jamiyat
−
30 yanvar 16370 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 31 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,33 so‘mga tushdi va 12 957,01 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 6,60 so‘mga pastlab, 13 485,66 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,19 so‘mga tushib, 132,13 so‘mni tashkil etdi.