Dollar kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 36,46 so‘mga oshdi va 11 952,10 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 30,12 so‘mga ko‘tarilib, 13 779,58 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,98 so‘mga arzonlashdi va 145,21 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 5,79 so‘mga ko‘tarilib, 1771,31 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 800 so‘mga tushdi va 1 mln 827 ming 500 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 7 avgust Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 6 mln 286 ming 612 so‘mga oshdi va 775 mln 493 ming 568 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing