Dollar kursi keskin tushdi
Jamiyat
−
16:06 1716 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 55,49 so‘mga tushdi va 11 886,72 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 25,83 so‘mga pasayib, 13 717,27 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,05 so‘mga arzonlashdi va 146,37 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 7,04 so‘mga tushib, 1761,23 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 1 ming so‘mga tushdi va 1 mln 827 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 5 avgust Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 3 mln 353 ming 798 so‘mga oshdi va 760 mln 810 ming 974 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi