Denov XTBda 11 mlrd pul “yeb yuborilgani” aniqlandi
3-sahifa
−
30 avgust 2022 7298 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumani Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan 11 mlrd so‘m kamomadga yo‘l qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, kamomadga yo‘l qo‘yilgani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 184-1-moddasi (byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar to‘liq undirilgan.
Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi