Mirziyoyevning Misrga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
21 fevral 2023 5416 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misrga ikki kunlik rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrifning ikkinchi kunida Prezident Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunida davlat rahbarlari Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida hujjatlar imzolandi.

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Qohira aeroportida oliy martabali mehmonni Misr savdo va sanoat vaziri Ahmad Solih va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr