Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sabab Toshkentda ayrim yo‘llar yopiladi
Jamiyat
−
17 noyabr 2021 3836 1 daqiqa
Ertaga, 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan transport harakati uchun soat 08:00 dan soat 11:00 gacha quyidagi ko‘cha yopiladi.
Furqat – Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov – Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan hudud berkitiladi.
“Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, deyiladi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.
Live
Barchasi