Chimayev UFC 294'da jang qiladi
Sport
−
11 aprel 2023 6009 1 daqiqa
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC'da faoliyat olib borayotgan chechen millatiga mansub mashhur shved jangchisi Xamzat Chimayevning braziliyalik Paulo Kostaga qarshi jangi tasdiqlandi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.
Chimayev va Kosta 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 294 turnirining asosiy jangida oktagonga ko‘tariladi.
Joriy yilning sentyabr oyida UFC 279 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Chimayev birinchi raunddayoq amerikalik Kevin Xollandni mag‘lub etgandi. Umumiy hisobda Chimayev UFC'da 12 ta jang o‘tkazib, barcha bahsda zafar quchgan.
Paulo Kosta esa o‘tgan yilning avgust oyida so‘nggi jangini o‘tkazib, hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra amerikalik Lyuk Rokxoldni mag‘lub etgandi. Braziliyalik sportchi UFC'da 16 ta jang o‘tkazgan va to‘qnashuvlarning 14 tasida g‘alabaga erishgan. 2 ta bahsda esa mag‘lubiyatga uchragan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr