Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketildi
Bu qiziq
−
13 aprel 2021 11749 1 daqiqa
Buyuk Britaniyada Darius ismli dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketildi. Egasi uning qaytishi uchun 1 ming funt (1,3 ming dollardan ortiq) miqdorida mukofot taklif qilmoqda. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi
Tanasining uzunligi 129 santimetrga yetadigan jonivor Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta quyon sifatida kirgan.
Quyon o‘z egalari bilan Angliyaning Vustershir grafligida yashagan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u yakshanba kuni kechqurun uyasidan o‘g‘irlab ketilgan.
Quyonning egasi Annett Edvards o‘g‘rilardan jonivorni qaytarib berishlarini so‘radi va mukofot puli taklif qildi. Shuningdek, u quyon allaqachon nasl berish uchun keksalik qilishini ta’kidlagan.
Yulduz Abdurashidova
Live
Barchasi