Buxoroda “zamhokim” 12 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
12 may 6303 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Kogon tumanida hokim o‘rinbosari 12 ming dollar pora olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘rinbosar o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tamagirlik yo‘li bilan 12 ming dollar miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer “Qum Sulton” massivida joylashgan ekin maydonlariga Kogon tumani hududi orqali keladigan suv to‘xtatib qo‘yilgani sababli, ekin yerlarini suv bilan ta’minlashda yordam berishini so‘rab ushbu hokim o‘rinbosariga murojaat qilgan.
Mansabdor shaxs esa ekin maydonlariga keladigan suvni ochib berishini va kelgusida bu borada muammo bo‘lmasligini aytib, evaziga 15 ming dollar talab qilgan.
Hozirda tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining tumanlaridan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘i yer ajratish evaziga 3 ming dollar pora olgandi.
Live
Barchasi