Buxoroda IELTS’dan 8 olganini nishonlayotgan qiz tok urib vafot etdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida IELTS imtihonidan 8 ball olganini qarindoshlari bilan nishonlab, tadbirdan so‘ng idish-tovoqlarni yuvayotgan 15 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaning bildirishicha, qiz voqea sodir bo‘lgan kuni IELTS imtihonidan yuqori ball olgan. Shu sababli qarindoshlar yig‘ilgan. Hamma ketganidan so‘ng esa qiz idish-tovoqlarni yuvayotganda quvvatlagichga tekkan va oqibatda uni tok urgan. 

QALAMPIR.UZ holatga anqilik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning bildirishicha, joriy yilning 17 iyun kuni G‘ijduvon tuman IIB navbatchilik qismiga 2010 yilda tug‘ilgan qiz elektr toki urishi oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabarnoma kelib tushgan.

Xabarnomaga asosan hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan 1 dona elektr uzatgich va havo sovutish uskunasi olingan. Shuningdek, marhumaning jasadini tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida chap qo‘l kaft qismi va o‘ng oyoq bosh barmog‘i yon tomonidagi elektr toki ta’siridan kelib chiqqan shilinmadan boshqa biror-bir jarohat va uning izlari aniqlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Davlatobod tumanida 5-sinf o‘quvchisi elektr toki urishi oqibatida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing