Braziliyada suv toshqinlari oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
19 iyun 2023 2427 1 daqiqa
Braziliyaning Riu-Grande-du-Sul shtatida suv toshqinlari oqibatida 11 kishi halok bo‘lib, 20 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Folha de S.Paulo” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Makin shahrida uch kishi, San-Leopoldo shahrida ikkita va Novo-Amburge, Karaa, Bom Prinsipio, San-Sebastyan-du-Kai, Esteyo va Gravatai shaharlarida bir kishidan halok bo‘lgan. Shuningdek, suv toshqiniga ekstratropik siklon sabab deya ko‘rsatilgan. Hodisa oqibatida 41 ta munitsipalitet jabrlangan. Umuman olganda shtatda 2300 dan ortiq odam bo‘rondan keyin boshpana izlashga majbur bo‘lgan.
“Jabrlangan hududlarning ko‘plab aholisi o‘z shaharlaridagi ochiq sport maydonchalariga boshpana topishdi. Rasmiylar bir necha hududlarda ko‘chki xavfi haqida ogohlantirmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Italiya shimolidagi Emiliya-Romanya mintaqasida kuchli suv toshqinlari va sellar kelishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi