Borrel Ukrainaga yordam berish bo‘yicha rejasini ochiqladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi harbiy missiyasi mart oyi oxirigacha 11 mingdan ortiq, yil oxirigacha esa yana 30 ming nafar ukrainalik askarni tayyorlaydi. Bu haqda bugun, 8 mart kuni YeI diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Stokgolmdagi a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlarining norasmiy uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bizning missiyamiz mart oyi oxirigacha 11 mingdan ortiq, yil oxirigacha esa 30 ming nafardan ortiq kishini o‘qitadi”, degan Borrel.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Ukrainaga snaryadlarni yetkazib berish bo‘yicha uch bandli rejani taklif qilgan. Reja  1 milliard yevrolik mavjud zaxiralardan zudlik bilan Ukrainaga jo‘natishni, yana 1 milliard yevroga favqulodda xaridlarni amalga oshirish va sanoatni urush holatiga moslashtirishni nazarda tutadi. 

“Men tinchlik haqida gapirmoqchiman, lekin snaryadlar ishlab chiqarish haqida gapirish kerak. Tinchlikka erishish uchun Ukraina urushda g‘alaba qozonishi kerak. Snaryadlar zaxirasini to‘ldirish uchun biz sanoatning ishlab chiqarish quvvatini oshirishimiz kerak, chunki Ukraina uchun ham, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun ham snaryadlarga doimiy talab mavjud”, degan Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Uning aytishicha, ayni paytda Yevropaning 15 kompaniyasi Ukrainaga yetkazib beriladigan NATO tipidagi artilleriya uchun 155 millimetrli snaryadlar ishlab chiqarish imkoniga ega. Borrell uning tashabbusi 20 mart kuni Bryusselda rejalashtirilgan Yevropa Ittifoqi mudofaa va tashqi ishlar vazirlarining qo‘shma yig‘ilishida ma’qullanishiga umid bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing