Biznesni rivojlantirish banki Nukusda “U-HOPE 2025” loyihasiga start berdi

Biznes

image

Nukus shahrida “Yori-I” loyihasi doirasidagi “U-HOPE 2025” innovatsion dasturi start olishiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Yaponiyaning Yamagata universiteti professorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) mas’ullari, mahalliy tadbirkorlar, mentorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.

Shunga muvofiq, davlat rahbarining tashabbusi asosida tadbirkorlarni o‘qitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tatbiq etish va bu borada Yaponiyaning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yil 27-yanvardagi farmonda yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar orasidan 50 nafar mentorni tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

“U-HOPE 2025 START” loyihasi aynan mazkur bosqichdagi ishlar rasman boshlanganligini anglatadi. 

Ushbu vazifa ijrosi doirasida joriy yilda Yamagata universitetining yuqori baholangan tadbirkorlikni o‘qitish dasturi (Yori-I)ga asoslangan dastur asosidagi mashg‘ulotlar:

  • Boshqaruv bo‘yicha amaliy nou-xauni egallash;
  • Innovatsiyalarni ilgari surish;
  • Yangi biznes yaratishni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda olib boriladi va yakunda Qoraqalpog‘istonda yana 50 ta mentor tayyorlanadi.

Dastur ishtirokchilarda ma’ruzalar, seminarlar va murabbiylik orqali muammolarni hal qilishning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy tadbirkorlik muhitini yanada jonlantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishga olib keladigan tashabbus ekani bilan e’tiborga molikdir.

Yangi – “Yori-I” loyihasi doirasidagi “U-HOPE 2025 START” ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tomonidan ushbu loyihaning hududda ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy iqtisodiy taraqqiyotga erishish hamda tadbirkorlikka ilg‘or tajribalarni joriy qilish, hududning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishdagi amaliy ahamiyatiga to‘xtaldi.

Qayd etildiki, mentorlar tayyorlash va mahalliy tadbirkorlarni o‘qitish borasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Yamagata universiteti o‘rtasida tuzilgan hamlorlik kelishuvi izchil ravishda, ko‘zda tutilgan muddatlarda asosiy maqsaddan og‘ishmagan holda bajarib kelinmoqda.

Bu esa, mamlakatda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash va aholi bandlik darajasini oshirishga qo‘shilayotgan munosib hissadir.

Zero, “Yori-I” loyihasi doirasidagi “U-HOPE 2025 START” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar faol start oldi va bir necha bosqichda bilim olgan, sinovlardan o‘tib mentorlik talablarini a’lo bajargan yangi, mahalliy tadbirkorlar tarafidan o‘tkazilishi kelgusida yanada ko‘plab tadbirkorlarni Yaponiya tajribasi asosida o‘qitish imkoniyatlarini sezilarli ravishda oshiradi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Nukus U-HOPE 2025 Yori-I Qoraqalpog‘iston Respublikasi Biznesni rivojlantirish banki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar