Bir haftada qancha avtoraqam sotilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
09 noyabr 2021 5181 1 daqiqa
Joriy yilning 1-7 noyabr kunlari onlayn auksion orqali jami 9,4 milliard so‘mlik 3663 ta avtoraqam sotilgan. Bu haqda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 7 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 12,9 foizi ikkinchi, 12,9 foizi uchinchi, 14 foizi to‘rtinchi, 18,1 foizi beshinchi va 35,1 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida 1 trillion 733,1 milliard so‘mlik tovarlar sotilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan haftaga nisbatan 8,1foizga past. Bunda birja savdolari sotuvlarning 83,2 foizini, ko‘rgazma-yarmarka savdolari 1,7 foizni, elektron davlat xaridlari 14,5 foizni va avtoraqamlarning onlayn-auksioni 0,5 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 650,9 milliard so‘mni tashkil qilgan. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarning qariyb 59,6 milliard so‘mlik mablag‘lari tejalgan.
Live
Barchasi