Bayden amerikaliklarga koronavirusga qarshi bepul vaksina tarqatilishiga va’da berdi
Olam
−
24 oktabr 2020 3179 1 daqiqa
Demokratik partiyadan AQSH Prezidentligiga nomzod Jo Baydenning aytishicha, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilishi bilan barcha amerikaliklar undan bepul foydalanishlari kerak. U CNN telekanali tomonidan efirga uzatilgan Delaver shtatidagi nutqi paytida ana shunday bayonot berdi.
Siyosatchi ta’kidlaganidek, mamlakatda COVID-19 ga qarshi xavfsiz va samarali vaksina paydo bo‘lganidan so‘ng, "u tibbiy sug‘urta mavjudligi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, hamma uchun bepul bo‘lishi lozim".
Baydenning aytishicha, biron bir vaksinani sotib olish uchun “hali ko‘p oylar kerak bo‘ladi”.
Uning ta’kidlashicha, agar noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, preparatning ommaviy ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust