“Barselona” Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi
Sport
−
25 mart 2022 5031 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” futbol klubi Fransiyaning PSJ jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “L’Equipye” nashri xabar berdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, fransiyalik futbolchi “ko‘k anorranglilar”ning taklifini darhol rad etmoqchi emas. Mbappe “Barselona” vakillarini tinglashga tayyor. 23 yoshli futbolchini birinchi navbatda sport loyihasining sifati qiziqtiradi. Ammo Kilian uchun “Real Madrid” hamon ustuvor variant bo‘lib qolmoqda.
“Barselona” Mbappening transferi “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xolandning transferidan arzonroq bo‘lishiga ishonmoqda.
Kataloniyaliklar “Goldman Sachs”dan yaqinda olingan kredit va “Spotify” bilan kelishuv evaziga fransiyalik hujumchi uchun raqobatbardosh taklif bilan chiqishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe va PSJ o‘rtasidagi amaldagi kelishuv joriy yining 30 iyunida yakuniga yetadi. 23 yoshli futbolchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi