BAA o‘zbekistonliklar uchun yangi cheklovlar joriy qildi
Jamiyat
−
18 yanvar 2022 14140 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) mamlakatga kirish niyatida bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga 17 yanvardan yangi karantin cheklovlari joriy qildi.
“Uzbekistan Airways” xabariga ko‘ra, endi ushbu ikki mamlakat fuqarolari BAAga jo‘nab ketishdan 48 soat avval olingan PZR testning manfiy natijasini taqim etishi kerak.
Bundan tashqari, Dubay va Sharjaga yetib kelgandan so‘ng, aeroportda PZR test topshirish kerak. Yo‘lovchi test natijasini olmaguniga qadar o‘zini izolyatsiya qilishi talab etiladi.
Live
Barchasi