Ayol benzin sepib o‘zi va uy ichidagi odamlarni yoqib yubordi (video)
Olam
−
02 noyabr 2022 43937 1 daqiqa
Bugun, 2 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Xotini erini xiyonatda ushlab uyiga o‘t qo‘ydi" sarlavhasi ostida video tarqaldi.
Videokamerada qayd etilgan sanaga ko‘ra, hodisa 30 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
Unda qaynona, qaynisingil bilan birga yoqib yuborilgani aks etgan.
IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning xabar berishicha, voqea O‘zbekistonda emas, balki, Vetnamning Xingen provinsiyasida yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, ona o‘z qizlariga uyini bo‘lib bergan, ammo, qizlar mulk bo‘lishishda murosaga kelishmagan va ulardan biri uyni yoqib yuborgan.
Natijada uch kishi kuyish jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Hodisa natijasida hech kim halok bo‘lmagan.
Shahboz Abdusattorov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust