Argentinada vitse-prezident olti yilga qamaldi
Olam
−
07 dekabr 2022 4531 1 daqiqa
Argentinaning ikkinchi Federal sudi vitse-prezident va mamlakat sobiq rahbari Kristina Fernandes de Kirshnerni korrupsiyada aybdor deb topib, olti yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Argentinaning Ambito Financiero gazetasi xabar berdi.
Bundan tashqari, sud Kirshnerni korrupsiya ishi bo‘yicha umrbod davlat lavozimini egallash huquqidan mahrum qilgan.
Joriy yilning 23 avgust kuni prokuror Diyego Luciani Fernandes de Kirshnerga 12 yil qamoq jazosini so‘ragan.
Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilning may oyida Argentina vitse-prezidentiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani e’lon qilindi. Keyin sudya Klaudio Bonadio uni, sobiq iqtisodiyot vaziri Aleks Kisillofa va Markaziy bankning sobiq rahbari Alexandro Vanolini fyuchers savdolarida dollarni arzonroq narxda sotishda ayblagan. Har birining 1 million dollarlik mol-mulki musodara qilingan.
Sohiba Komilovna
Live
Barchasi