APL tarixida eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchilar kim?
Sport
−
14 fevral 2022 4523 1 daqiqa
Muxlislar tomonidan e’tirof etilishicha, Angliya Premer-ligasi gol urish eng qiyin milliy chempionat hisoblanadi. Darhaqiqat, klublarning saviyasi bir-biriga yaqinligi uchun hujumchilar bitta uchrashuvda 3-4 talab gollar urishi mushkul. Xo‘sh, APL tarixida eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchilar kimlar?
1. Serxio Aguyero 12ta; (xet-trik);
2. Alan Shirer 11ta;
3. Robbi Fovler 9ta;
4. Terri Anri 8ta;
5. Xarri Keyn 8ta;
6. Maykl Ouen 8ta;
7. Ueyn Runi 7ta;
8. Luis Suares 6ta;
9. Dimitr Berbatov 5 ta;
10. Andy Kol – 5 ta;
Bundan tashqari, APL tarixidagi eng tezkor xet-trik 2015 urilgan. Ushbu xet-trikni o‘sha paytlarda, “Sautgempton” futbolchisi bo‘lgan Sadio Mane qayd etgan. “Aston Villa” darvozasiga 3 ta gol urish uchun senegallik futbolchi 2 daqiqa 56 soniya vaqt sarflagan. Bundan oldingi eng yaxshi natija 1994 yili “Liverpul” hujumchisi Robbi Fovler tomonidan qayd etilgan. Unga “Arsenal” darvozasiga uchta gol urishi uchun 4 daqiqa 33 soniya yetarli bo‘lgan.
Sobiq “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher 1999 yilda “Nottingem Forest” klubi darvozasiga 4 ta gol urish uchun 12 daqiqa sarflagan. Bu ham APL tarixidagi rekord hisoblanadi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025