Andijonda tez yordam inspektori pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
10 yanvar 2023 5674 1 daqiqa
Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filialining kadrlar bo‘limi inspektori pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.
Kadrlar bo‘limi inspektori J.M. joriy yilning 7 yanvar kuni soat 13:00 da Andijon shahrining “Soy” mahallasi hududidagi dorixona oldida fuqaroni ishga olib kirib qo‘yish evaziga undan 400 dollar talab qilgan. U kelishilgan pulni olayotgan paytda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, e’tiborsizligi oqibatida korrupsiyaviy holat sodir etilishiga sharoit yaratib bergani, muassasa xodimlari o‘rtasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali direktori I.A. va kadrlar bo‘limi boshlig‘i E.X. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Qiziq tarafi shundaki, J.M. inspektor lavozimiga kirishganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan, ya’ni u 2022 yil 25 dekabr kunidan ish boshlagan.
Live
Barchasi