Andijonda erkak otasini haqoratlagan qo‘shnisini pichoqladi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida fuqaro otasini haqorat qilgan mahalladoshini pichoqladi. Jabrlanuvchi vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Voqea joriy yilning 30 aprel kuni soat 14:00 lardada yuz bergan. Tumanning “Qovul” ko‘chasida yashovchi 25 yoshli M.D. mahalladoshi 31 yoshli T.J. bilan o‘rtalarida nizo chiqadi. Bunga T.J. M.D.ning otasini haqorat qilganligi sabab bo‘ladi. Janjal natijada, M.D. avtomashinasida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘ini olib T.J.ning qorin qismiga urib jarohat yetkazadi.

Jabrlanuvchi T.J. olgan tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga olib kelingan bo‘lsada, shifokorlar tomonidan unga ko‘rsatilgan tibbiy mulojalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi voqea joyidan yashirinib, ashyoviy dalilni yo‘q qilish maqsadida uyning hojatxonagasiga qirib xo‘jalik pichog‘ini tashlab yuborgani aniqlangan. Ko‘rilgan chora-tadbirlardan so‘ng 1 dona xo‘jalik pichog‘i hamda M.D.ning egnida bo‘lgan kiyimlar va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Andijon

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing