Alisher Usmonovning ayni vaqtdagi boyligi qancha ekanligi aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2023 yil boshidan beri USM xolding asoschisi, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning boyligi 1,06 milliard dollarga ko‘paydi. Bu haqda “Bloomberg” nashri o‘z hisobotida ma’lum qildi.

“Bloomberg” hisob-kitoblariga ko‘ra, milliarderning umumiy boyligi bir oylik o‘sish bilan 19,7 milliard dollarga yetgan.  

Umumiy hisobda joriy yilda rossiyalik milliarderlarning boyligi jami 16,1 milliard dollarga oshgan.

Shuningdek, Rossiyaning eng yirik “Lukoyl” kompaniyasi rahbari va asosiy egasi Vagit Alekperov eng ko‘p daromad olgan. Uning daromadi 2,5 milliard dollarga oshib, 17,9 milliard dollarga yetgan.

Shu bilan birga, “Severstal” eng yirik metallurgiya zavodining asosiy egasi Aleksey Mordashov (1,54 milliard dollar daromad) va “Nornikel”kon- metallurgiya kompaniyasi rahbari Vladimir Potanin (1,32 milliard dollar) ham kuchli uchlikka kirdi.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov “Metalloinvest”, “Udokan mis” va “Megafon”ni o‘z ichiga olgan USM guruhining asoschisi va eng yirik aksiyadori hisoblanadi. “Forbes”ning 2022 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiyaning eng boy milliarderlari ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Alisher Usmonov o‘zini Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruv byurosidan chiqarib yuborishni so‘rab ariza qoldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made