Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib qayta saylandi
Sport
−
27 noyabr 2021
3608Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti Alisher Usmonov Shveysariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tgan tashkilot kongressida umumiy ma’qullash yo‘li bilan o‘z lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda FIE Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Usmonov 2008 yildan buyon FIE’ni boshqarib keladi va 2012 va 2016 yillarda qayta saylangan. U 2001 yildan 2009 yilgacha Rossiya qilichbozlik federatsiyasini, 2005 yildan 2009 yilgacha esa Yevropa qilichbozlik konfederatsiyasini boshqargan. FIE Kongressi o‘tgan yilning 28 noyabrida Moskvada bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq oktyabr oyi boshida koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgandi. Nomzodlarni ko‘rsatish muddati 18 oktyabrda yakunlangan, shu vaqtgacha ariza faqat Usmonovdan berilgan edi.
“Xalqaro qilichbozlik oilamiz ko‘magida FIE prezidenti lavozimiga qayta saylanganim men uchun katta sharafdir. Qilichbozlik global sport turi sifatida bugun har qachongidan ham kuchliroq. Bizning qo‘llab-quvvatlash dasturlarimiz butun dunyo bo‘ylab uning jadal rivojlanishiga va mashhurligi oshishiga hissa qo‘shdi”, deydi Usmonov.
LiveBarchasi