Aktrisa Yodgora Ziyomuhammedova vafot etdi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino san’atining taniqli vakili Yodgora Ziyomuhammedova 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Yodgora Ziyomuhammedova 34 yildan ziyod O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida samarali ijod qilib, sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni yaratgan. Uning “Qizil shapkacha”da Qizil shapka, “Zumrad va Qimmat”da Qimmat, “Farzandim jigarbandim”da Sanobar, “Sening taqdiring”da Nazira, “Yarash-yarash”da Pokiza, “Burgut”da Gulnur, “Birinchi muallim”da Oltinoy kabi obrazlari tomoshabinlar mehri va e’tiboriga sazovor bo‘lgan.

Aktrisa televideniye va kino sohalarida ham samarali ijod qilib, “Oqshom ertaklari” ko‘rsatuvini 25 yil davomida olib borgan.

QALAMPIR.UZ marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing