Aktrisa To‘ti Yusupova og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
09 may 2019 46234 1 daqiqa
Bugun, 9 may kuni O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning turmush o‘rtog‘i dublyaj rejissyori Mirg‘iyos Soatov 88 yoshida vafot etdi. Marhum peshin namozidan keyin dafn qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Mirg‘iyos Soatov 10 aprel kuni 88 yoshni qarshilagandi. Mirg‘iyos aka yaqin vaqtlarda ikki marotaba yurak hurujini o‘tkazgan, tavallud kunida ham shifoxonada bo‘lgan.
Mirg‘iyos Soatov nafakat dublyaj rejissyori, balki bir qancha filmlardagi rollari bilan ham tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan.
Bundan bir necha yil avval To‘ti Yusupova va Mirg‘iyos Soatovning ikki o‘g‘li ham vafot etgan edi.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari, yaqinlari, do‘stlariga hamdardlik bildiradi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr