AQSH Yaqin Sharqqa yadroviy suv osti kemasini yubordi

Olam

image

Bugun, 8 aprel kuni AQSH Harbiy-dengiz kuchlari Yaqin Sharqqa yadro quvvatiga ega suv osti kemasi yubordi. Kema raketa bilan jihozlangan bo‘lib, undan Bahraynda joylashgan AQSHning Beshinchi flotini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaniladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Amerikalik qo‘mondon Timoti Hovkinsning aytishicha, USS Florida suv osti kemasi, 6 aprel kuni mintaqaga kirgan va Suvaysh kanali orqali tranzitni boshlagan.

“U 154 tagacha quruqlikdan hujum qiluvchi Tomahawk qanotli raketalarini olib yura oladi. USS Florida mintaqaviy dengiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash uchun AQSH 5-flotiga joylashtirildi”, deydi qo‘mondon.

Ma’lumot uchun, USS Florida qanotli raketali suv osti kemasi bo‘lib, u AQSHning Florida shtati sharafiga shunday nomlangan. U SSBN-728 korpus belgisi bilan foydalanishga topshirilgan; ballistik raketa suv osti kemasidan qanotli raketa suv osti kemasiga aylantirilishi bilan u SSGN-728 nomini olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15-19 mart kunlari Xitoy, Eron va Rossiya ham Ummon ko‘rfazida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazgan, ular ham mintaqa xavfsizligi yo‘lida bunday mashg‘ulotlar qilayotganini da’vo qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Harbiy-dengiz kuchlari suv osti kemasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing