AQSH yaqin kunlarda Maduroni ag‘darishga urinishi mumkin

Olam

image
Venesuela Prezidenti Putindan xat oldi north_east

Venesuela Prezidenti Putindan xat oldi

Qo‘shma Shtatlar yaqin kunlarda Venesuelaga qarshi amaliyotlarning yangi bosqichini, jumladan, Prezident Nikolas Maduroni ag‘darish ehtimolini ham boshlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligiga anonimlik sharti bilan AQSH rasmiylari ma’lum qildi.

“AQSH yaqin kunlarda Venesuela bilan bog‘liq operatsiyalarning yangi bosqichini boshlashga tayyorlanmoqda”, deyiladi nashr xabarida.

Agentlik manbalariga ko‘ra, AQSHning Maduroga qarshi yashirin amaliyotlari, jumladan, Venesuela rahbarini ag‘darishga urinish ehtimoli bor.

“AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatimizga giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun Amerika kuchining barcha vositalaridan foydalanishga tayyor”, degan rasmiylardan biri.

Bo‘lajak operatsiyalarning aniq vaqti va ko‘lami noma’lumligicha qolmoqda. Shuningdek, Tramp harakat qilish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilgani haqida ham ma’lumot yo‘q.

Oxirgi ikki oy ichida AQSH Karib dengizida giyohvand moddalar olib ketayotgani aytilayotgan qayiqlarni yo‘q qilish uchun bir necha bor harbiy kuchlardan foydalangan. Rasmiylarga ko‘ra, bunday operatsiyalar transmilliy jinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash maqsadida olib borilmoqda.

Bu Karakas va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni sezilarli darajada taranglashtirdi. Oq uy Markaziy razvedka boshqarmasiga Maduro hukumatini beqarorlashtirish maqsadida mamlakatda yashirin operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berdi. AQSHning fikricha, Venesuela Prezidenti AQSHga narkotik moddalarni olib o‘tishda terrorchi tashkilotlardan foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH-Venesuela urushi ehtimolini shubha ostiga olgandi, ammo Prezident Nikolas Maduroning mamlakat rahbari sifatidagi kunlari sanoqli qolganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Donal'd Tramp Nikolas Maduro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing