AQSH o‘zga sayyoraliklar haqidagi arxiv ma’lumotlarni e’lon qildi
Olam
−
08 may 12546 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp va’da qilgan noma’lum uchar jismlar haqidagi fayllarni nashr etish boshlandi. Bugun, 8 may kuni Pentagon saytida o‘nlab foto, video va matnli hujjatlar joylashtirildi.
“Bu yerda arxivlangan materiallar to‘la aniqlanmagan holatlarni aks ettiradi. Bu esa hukumat kuzatilgan hodisalar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqara olmaganini anglatadi”, deyiladi xabarda.
E’lon qilingan fayllar orasida “Apollon-12” missiyasi vaqtida Oyda olingan suratlar ham bor. Kadrlarda kichik nuqtalarga o‘xshash ob’ektlar ko‘ringan.
Idora yangi hujjatlar har haftada e’lon qilib borilishini ham ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH sobiq prezidenti Barak Obama “agar hukumat haqiqatan ham o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashganida, buni uzoq vaqt sir saqlab turolmasdi”, degan edi. Uning ushbu bayonotidan keyin Tramp Yerdan tashqari hayot haqidagi ma’lumotlarni ochiqlashga va’da berdi.
Oybek Rustamov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28