AQSH Rossiyani asosiy daromadidan mahrum qilmoqchi

Olam

image

AQSH va uning ittifoqchilari oxir-oqibat Rossiyani neft va gaz eksportidan keladigan har qanday daromaddan mahrum qilishga intilmoqda. Bu haqda AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari Dalip Singx ma’lum qildi.

“To‘g‘ri aytasiz, neft va gaz yetkazib berishdan olingan daromad Rossiyada qolgan asosiy daromaddir. Va biz ishonamizki, vaqt o‘tishi bilan biz Rossiyani asosiy energiya yetkazib beruvchi maqomidan mahrum qilishimiz mumkin. Biz Germaniya bilan “Shimoliy oqim 2” gaz quvurini yopish ustida ishlayapmiz, Rossiyaning energetika sohasida zarur texnologiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini to‘xtatdik”, degan Singx CNN telekanalida.

Oq uy vakilining ta’kidlashicha, bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqt talab etadi. 

“Biroq, biz oxir-oqibat Rossiyani neft va gaz yetkazib berishdan oladigan har qanday daromaddan mahrum qilishni mo‘ljallayapmiz”, deydi AQSHning yuqori martabali amaldori.

Qo‘shma Shtatlar jahon energetika bozoridagi narxlarning oshishini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bilan bog‘lagan. Ushbu voqealar fonida, mart oyi boshida Amerika Prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida RFdan energiya importini va mamlakat energetika sohasiga yangi sarmoyalarni kiritishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Shundan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi keskin ko‘tarila boshladi, buning uchun mamlakatda ko‘pchilik Bayden va uning ma’muriyati a’zolarini tanqid qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

881

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing