AQSH Rossiya Ukrainaga qachon “hujum qilishini” bilmasligini tan oldi
Olam
−
14 fevral 2022 15736 2 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga “bosqin”ning aniq sanasini ayta olmaydi. AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan kecha, 13 fevral kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida Vashington hujum “istalgan kun” boshlanishini kutayotganini aytgan.
“Biz aniq sanani bashorat qila olmaymiz”, degan Sallivan jurnalistning tegishli savoliga javoban. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “bosqin, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlari istalgan vaqtda boshlanishi mumkin”, deb hisoblaydi.
U Ukraina atrofida keskinlikning kuchayishi “kelgusi haftada, Olimpiada o‘yinlari tugashidan oldin” sodir bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmagan.
“Bu Olimpiadadan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ehtimol, biz Rossiya diplomatik yo‘lni tanlashi mumkin deb o‘ylaymiz”, deya davom etgan Sallivan.
Shu bilan birga, AQSH Prezidentining yordamchisi “harbiy operatsiyalar juda tez orada boshlanishi mumkin”, deb ta’kidlagan, “chegaradagi kuchlarning to‘planishi va harakati” shundan darak bermoqda.
“Oxirgi 10 kun ichida biz ko‘rayotgan narsa bu Rossiya qo‘shinlarining <...> Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda to‘planishi va harakatlanishi”, degan Sallivan.
Sallivanga ko‘ra, NATO ittifoqchilari AQSH razvedkasining Rossiya Ukrainaga qarshi rejalashtirgan bosqinchiligi uchun bahona tayyorlayotgani haqidagi xulosalariga qo‘shiladi.
Sallivanning qo‘shimcha qilishicha, AQSH bu ma’lumotni Rossiya bu rejalardan voz kechishini kutgan holda tarqatmoqda, chunki ular oshkor qilingan.
Live
Barchasi