AQSH qo‘shinlari Germaniyadan olib chiqilmaydi. Trampning qarori bekor qilindi
Olam
−
03 fevral 2021
3968AQSHning yangi ma’muriyati sobiq Prezident Donald Trampning Amerika armiyasining katta qismini Germaniyadan olib chiqish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi. Bu haqda AQSH Yevropa qo‘mondonligi rahbari Tod Uolters brifingda aytib o‘tgan.
Uoltersning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin avvalgi ma’muriyat qarorini puxta qayta ko‘rib chiqish bosqichida turibdi. Oxirida u va AQSH Prezidenti Jo Bayden qaror qabul qiladi.
11,9 ming qo‘shinni Germaniyadan olib chiqish to‘g‘risida qarorni avvalgi Mudofaa vaziri Mark Esper 2020 yil iyul oyi oxirida e’lon qildi. Ulardan ba’zilari uyga qaytarilishi, ba’zilari esa Italiya va Belgiyaga ko‘chirilishi rejalashtirilgan edi. Shuningdek, Polshada va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida bir qator qo‘shinlarni joylashtirish rejalashtirilgan edi.
LiveBarchasi